Rossiyadagi oʻrmon yongʻinlarida bir million gektardan ortiq maydon ziyon koʻrdi

Rossiyaning sharqidagi oʻrmon yongʻinlarida bir million gektardan ortiq maydon ziyon koʻrdi va eng yomoni, yongʻin haligacha davom etmoqda.

1684921
Rossiyadagi oʻrmon yongʻinlarida bir million gektardan ortiq maydon ziyon koʻrdi

Rossiyaning sharqidagi oʻrmon yongʻinlari yoyilgan holda, bir million gektardan ortiq maydonga ta’sir qila boshladi.

Rossiya Federatsiyasi Federal Oʻrmon agentligi mavzu haqida bergan bayonotida.

“3-avgustdan e’tiboran 222 nuqtada, jami 1 million 71 ming 845 gektarlik maydonda oʻrmon yongʻinlari davom etmoqda. Yongʻinlarning 126 tasi Yakutiyada, 50 tasi esa Irkutsk viloyatlarida keng tus oldi”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Bayonotda, yongʻinni oʻchirish uchun qariyb 5 ming kishi bilan yuzlab transport vositasining xizmat berayotgani qayd etildi.

Boshqa tomondan, Rossiya Mudofaa vazirligi ham Yakutiyadagi yongʻinni oʻchirish uchun mintaqaga qoʻshimcha 109 nafar xodim bilan 16 ta transport yuborilganini bildirdi.

Rossiyaning Sibir mintaqasida iyul oyida boshlangan yongʻinlarda bugungacha qariyb 1.3 million gektarlik oʻrmonzor kuyib kulga aylandi. Hukumat mintaqani favqulodda holat deb e’lon qilgandi.

 



Aloqador xabarlar