Isroil G'arbiy sohilda falastinliklarga nisbatan zo'ravonlikni davom ettirmoqda
Isroilning rasmiy KAN teleradiokompaniyasi askarlar Falastinliklarga qarata o'q uzganini tasdiqladi va jarohatlangan odam shifoxonaga, ikkinchisi esa hibsga olinganini xabar qildi.

Ishg’ol ostidagi G'arbiy sohildan Isroilga o'tmoqchi bo'lgan Falastinlik o’qqa tutilib yaralandi boshqa biri esa hibsga olindi.
Guvohlarga asoslanib, Falastinning rasmiy agentligi Vafa bergan xabarida, Jenin shahri g'arbidagi Ayrim devori yaqinidagi mashinada bo'lgan Falastinliklardan biri Isroil askarlari tomonidan o'qqa tutilishi natijasida og'ir jarohat olgani bildirildi.
Boshqa tomondan, Isroil armiyasi bergan yozma bayonotida, Falastinliklar o'zlari ishlatgan avtomobil bilan Isroilga o'tishga urinishganini bildirdi.
Isroilning rasmiy KAN teleradiokompaniyasi askarlar Falastinliklarga qarata o'q uzganini tasdiqladi va jarohatlangan odam shifoxonaga, ikkinchisi esa hibsga olinganini xabar qildi.
Aloqador xabarlar

Isroil falastinlik ayol va bolalarni qamoqxonadan ozod qildi
Hamas ham G‘azo sektoridagi 8 nafar isroillik mahbusni ozod qildi.