"Tolibon" hujumi tufayli Afg‘onistonning 5ta viloyatiga parvozlar to’xtatildi

Mamlakatning Badaxshon, Qunduz, Faryob, Helmand va Qandahor viloyatlariga samolyot parvozlari to’xtatilgan. Shuningdek, ikki kun avval to’qnashuvlar tufayli mamlakat g’arbida joylashgan Hirot viloyatiga ham parvozlar to’xtatilgandi.

1684410
"Tolibon" hujumi tufayli Afg‘onistonning 5ta viloyatiga parvozlar to’xtatildi

 

Afg‘onistonda tobora avj olib borayotgan to’qnashuvlar sababli mamlakatning 5ta viloyatiga parvozlar to’xtatildi.

Mamlakat janubidagi Qandahor aeroporti “Tolibon” terrorchilik harakati tomonidan raketa hujumiga uchradi, natijada parvozlar to‘xtatildi. Bu haqda ichki ishlar vazirigi bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, mamlakatning Badaxshon, Qunduz, Faryob, Helmand va Qandahor viloyatlariga samolyot parvozlari to’xtatilgan. Shuningdek, ikki kun avval to’qnashuvlar tufayli mamlakat g’arbida joylashgan Hirot viloyatiga ham parvozlar to’xtatilgandi.

“Tolibon” harakati bir kechaning o‘zida kamida uchta raketa hujumi sodir etgan. Hujumning maqsadi Afg‘oniston hukumat kuchlarining “Tolibon” pozitsiyalariga aviazarbalarini oldini olish bo‘lgan.

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, raketa hujumi oqibatida uchish-qo‘nish yo‘lagining bir qismiga zarar yetgan, barcha reyslarni bekor qilish haqida qaror qabul qilingan.

Afg’oniston mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, so’nggi bir sutkada mamlakatning 13 viloyatida hukumat kuchlari bilan jangarilar o’rtasida ayovsiz to’qnashuvlar ro’y bergan.  To’qnashuvlarda 254 nafar jangari yo’q qilingan, 97 jangari jarohatlangan. Bundan tashqari, portlashga shay qilib qo’yilgan 13ta portlovchi qurilma yo’q qilingan.

Eslatish joizki, AQSh iyul oyida o‘z qo‘shinlarining katta qismini Afg‘onistondan olib chiqib ketdi. Shundan keyin mamlakatda “Tolibon” jangarilarining hujumlari boshlandi. Ayni paytda “Tolibon” Afg‘oniston chegaralarining taxminan 90 foizini nazorat qilmoqda va yirik shaharlarga hujum uyushtirmoqda.

Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, hozirda “Tolibon” harakati 407 tumanning 150 nafarida nazoratni qo’lga olgan. Mamlakatda 34 viloyat markazi hukumat kuchlari tomonidan nazorat qilinmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar