Afgʻonistonda Tolibon hujmi natijasida tinch aholidan 5 kishi halok boʻldi

Afgʻonistonda Tolibon hujmi natijasida tinch aholidan 5 kishi halok boʻldi va ular orasida yosh bolalarning ham borligi qayd etildi.

1683786
Afgʻonistonda Tolibon hujmi natijasida tinch aholidan 5 kishi halok boʻldi

Afgʻoniston janubidagi Qandahor viloyatida Tolibon jangarilari tomonidan otilgan minomyot snaryadining yurib ketayotgan taksiga borib tegishi natijasida tinch aholidan 5 kishi halok boʻldi.

Qandahor Milliy Politsiya idorasi Matbuot xizmati kotibi Jamol Barikzey, jangarilar tomonidan otilgan minomyot snaryadining, Qandahor markazida yurib ketayotgan taksiga borib tekkanini ma’lu qildi.

Barikzey, hujumda tinch aholidan 5 kishining halok boʻlgani, ular orasida yosh bolalarning ham borligini qayd etdi. Tolibondan hali hanuz bu haqida hech qanday bayonot berilmadi.

Bir boshqa tomondan Tolibon jangarilarining Qandahor, Hirot, Tahar, Halmand, Juzjon, Faryob va Qunduz kabi yirik shaharlarga qarshi hujumlari davom etmoqda.

Anadoʻlu agentligining (AA) mahalliy hokimiyatdan olgan ma’lumotlariga koʻra, Tolibon 407 tumanning 150 dan ortigʻini, markazlarini doxil egallab olgan.

Mamlakatning 34 viloyati markaziy hukumat nazorati ostida.

 


Tanlangan kalimalar: #Afgʻoniston , #Qandahor , #Tolibon

Aloqador xabarlar