Nikol Pashinyan Armaniston bosh vaziri etib tayinlandi

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan Nikol Pashinyanni mamlakat bosh vaziri etib tayinlash to'g'risidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqdagi tegishli hujjat Armaniston prezident ma'muriyatining rasmiy saytida e'lon qilindi.

1684317
Nikol Pashinyan Armaniston bosh vaziri etib tayinlandi

 

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan Nikol Pashinyanni mamlakat bosh vaziri etib tayinlash to'g'risidagi farmonga imzo chekdi.

Bu haqdagi tegishli hujjat Armaniston prezident ma'muriyatining rasmiy saytida e'lon qilindi.

Pashinyanning nomzodi parlamentda ko‘pchilikni tashkil etuvchi "Grajdanskiy dogovor" partiyasi tomonidan ilgari surilgandi.

Armaniston konstitutsiyasiga muvofiq, milliy majlis vakolatlarining yangi muddati boshlanganida prezident parlamentdagi ko‘pchilik taklif etgan nomzodni bosh vazir etib tayinlaydi. Bosh vazir tayinlangandan keyin 15 kun ichida yangi hukumat tuzilishi zarur.

20 iyun kuni "Grajdanskiy dogovor" partiyasi parlamentga muddatidan avval bo‘lib o‘tgan saylovda g‘alaba qozongandi. 

Pashinyanning partiyasi 53,92 foiz ovoz olgandi, mamlakatning sobiq prezidenti Robert Kocharyanning "Armaniston" blokiga esa 21,04 foiz saylovchi ovoz bergandi.

 

Armanistonning yana bir sobiq prezidenti Serj Sargsyan "Shon-sharaf" bloki 5,23 foiz ovoz to‘plagandi.

Partiya uchun parlamentga o‘tish to‘sig‘i 5 foiz, bloklar uchun esa 7 foiz hisoblanadi.

Bunga ko'ra, "Grajdanskiy dogovor" partiyasi parlamentda 71 ta o'rin, Armaniston ittifoqi bloki 29 ta,  "Shon-sharaf" bloki 7ta o'rinni egalagandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Nikol Pashinyan , #Armaniston

Aloqador xabarlar