Afg‘oniston sharqida sodir bo'lgan sel falokatida 40 kishi halok bo'ldi

Ta'kidlanishicha, tabiiy ofat 29 iyulga o‘tar kechasi Pokiston bilan chegaradosh Kamdish uyezdiga sel kelishi oqibatida yuz bergan. Sel falokati kamida 80ta uyni vayron qilgan. Selda oqib ketgan insonlarning taqdiri hamon noma'lum.

1682446
Afg‘oniston sharqida sodir bo'lgan sel falokatida 40 kishi halok bo'ldi

 

Afg‘oniston sharqida joylashgan Pokistonga chegaradosh Nuriston viloyatida yuz bergan suv toshqinlarda kamida 40 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Nuriston shahar sho'rosi rahbari Sadulloh Payandazoi ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, tabiiy ofat 29 iyulga o‘tar kechasi Pokiston bilan chegaradosh Kamdish uyezdiga sel kelishi oqibatida yuz bergan. Sel falokati kamida 80ta uyni vayron qilgan. Selda oqib ketgan insonlarning taqdiri hamon noma'lum.

Qidiruv-qutqaruv faoliyatlari jadallik bilan olib borilmoqda. "Tolibon" nazorati ostida bo'lgan hududlarda hamon insonparvarlik yordamlari yetkazilmaganligi qayd etildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #sel , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar