AQShning Alyaska shtatida 8,2 balli zilzila sodir bo'ldi

Shtatda zilziladan keyin tsunami xavfi e’lon qilindi. Mutaxassislar falokat Tinch okeanidagi Mariana, qisman, Sayta, Guam orollariga yopirilishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

1682438
AQShning Alyaska shtatida 8,2 balli zilzila sodir bo'ldi

 

Kecha, 29 iyul kuni AQSHhning Alyaska shtati sohilida 8,2 balli zilzila qayd etildi.

Geologiya xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri Perrivill qishlog‘idan 91 kilometr janubi-sharqda joylashgan. 

Shtatda zilziladan keyin tsunami xavfi e’lon qilindi. Mutaxassislar falokat Tinch okeanidagi Mariana, qisman, Sayta, Guam orollariga yopirilishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, zilzila markazi bo‘lgan Ankorajdan 789 km shimoli-sharqda, taxminan 298 ming kishi istiqomat qiladi. Hozircha jabrlanganlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Keyinchalik, Alyaska qirg‘oqlarida 6,2 balli aftershok qayd etildi. AQSh Geologiya xizmati uning epitsentri kichik Chignik aholi punktidan shimoli-g‘arbda joylashganligini ta’kidlamoqda. 

Eslatish joizki, joriy yilning 22 may kuni tunda Xitoyning shimoli-g‘arbidagi Sinxay provinsiyasida 7,4 balli zilzila sodir bo‘lgan edi.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Alyaska , #AQSh

Aloqador xabarlar