Rossiya va Xitoy harbiylari ishtirokida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

Rossiya mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Xitoyda o’tkaziladigan mashg‘ulotlarda 10 ming harbiy ishtirok etadi.

1682436
Rossiya va Xitoy harbiylari ishtirokida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

 

Rossiya va Xitoy harbiylari avgust oyida tezkor-strategik o’quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Mashg‘ulotlarda 10 ming kishi ishtirok etadi.

Rossiya mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Xitoyda o’tkaziladigan mashg‘ulotlarda Rossiyadan Sharqiy harbiy okrug qo’shin bo‘linmalaridan biri ishtirok etadi.

 Mashg‘ulotlar Xitoy armiyasining “Tsintunsya” poligonida o‘tadi.

Mashg‘ulotlarga harbiy samolyotlar, artilleriya va zirhli texnika vositalari ham jalb qilinadi. Ular ikki davlat harbiy kontingentining qo‘shma qo‘mondonligi ostida o‘tadi.

Ta'kidlanishicha, mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad Rossiya-Xitoy munosabatlarini mustahkamlash, ikki davlat qurolli kuchlari o‘rtasidagi harbiy hamkorlik va do‘stlik darajasini oshirish, terrorchilikka qarshi kurashdagi qat'iyat va tayyorgarlikni namoyish etish, mintaqada tinchlik va barqarorlikni birgalikda himoya qilish hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #harbiy mashg'ulot , #Rossiya , #Xitoy

Aloqador xabarlar