Ishg’ol ostidagi G’arbiy sohilda Isroil askarlari ko'kragiga o'q uzgan Falastinlik bola vafot etdi

Bayonotda Allamining ko'kragiga o'q tekkani sababli  og'ir yaralanganini  va barcha aralashuvlarga qaramay qutqarib qola olmaganlarini  bildirdi

1682053
Ishg’ol ostidagi G’arbiy sohilda Isroil askarlari ko'kragiga o'q uzgan Falastinlik bola vafot etdi

Ishg’ol ostidagi G’arbiy sohilda Isroil askarlari ko'kragiga o'q uzgan Falastinlik bola vafot etdi.

Falastin Sog'liqni Saqlash Vazirligining bergan  yozma bayonotida, G'arbiy Sohilning Xevron shahridagi Bayt Ummer shahrchasida  Isroil askarlari tomonidan  yaralangan 12 yoshli Muhammad al-Allami, hayotdan ko’z yumganini bildirdi.

Bayonotda Allamining ko'kragiga o'q tekkani sababli  og'ir yaralanganini  va barcha aralashuvlarga qaramay qutqarib qola olmaganlarini  bildirdi.

Falastinning WAFA rasmiy axborot agentligi xabariga ko'ra, Falastinlik faol Muhammad Avad, Bayt-Ummer shahrida hech qanday hodisa bo'lmaganini, Isroil askarlari yo’ldan o'tayotgan mashinaga qasddan o'q uzganini va 12 yoshli Muhammad al-Allami nomli bola , og'ir tan jarohati olganini bildirgan edi.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar