Yaponiyada jazirama issiqlik tufayli 23 kishi hayotdan ko'z yumdi

Mamlakatda sakkiz mingdan ortiq kishi kasalxonalarga yotqizilgan. Bulardan 3 ming nafarining ahvoli og'ir ekani aytilmoqda.

1681296
Yaponiyada jazirama issiqlik tufayli 23 kishi hayotdan ko'z yumdi

 

Yaponiyada so‘nggi bir hafta ichida jazirama issiqlik tufayli 23 kishi hayotdan ko'z yumdi.

Shuningdek, 19-25 iyul haftasi 8 ming 122 kishi kasalxonalarga yotqizilgan. Bunga jazirama tufayli issiqlik urishi sabab bo'lgan.

Bulardan 3 ming nafarining ahvoli og'ir ekani aytilmoqda. 

Kasalxonaga yotqizilganlarning aksariyati 60 yoshdan kattalşarni tashkil qiladi. 2627 nafari 18 yoshdan 64 yoshgacha bo'lganlar, 800 nafari 17 yosh va undan kichiklarni tashkil qiladi.

Mutahassislar issiqlik harorati 28 darajaga yoki namlik nisbati 70%ga yetgan taqdirda, uylarda konditsionerdan foydalanishni tavsiya qilmoqda.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #jazirama issiqlik , #Yaponiya

Aloqador xabarlar