Yaponiya Kovidga qarshi to'liq emlanganlarga vaksina pasportlari deb nomlangan sertifikatlar beradi

Yaponiya koronavirusning yangi turiga (Kovid-19) qarshi to'liq emlanganlarga "vaksina pasportlari" deb nomlangan sertifikatlar berish uchun arizalarni qabul qilishni boshladi.

1680773

Kyodo agentligining xabariga ko'ra, xalqaro sayohat sharoitlarini yengillashtirish maqsadida, o'zlarining Kovid-19 vaksinalarini olgan odamlarga beriladigan "vaksina pasporti" ga ariza berish jarayoni boshlandi.

Mahalliy ma'muriyat tomonidan bepul taqdim etiladigan hujjatda nom, pasport raqami, emlash sanasi ko'rsatilgan sertifikatlar Kovid-19ga qarshi to'liq emlangan shaxsning rasmiy yozuvlari bo'lib xizmat qiladi.

Ta'kidlanishicha, 21-iyundan boshlab ushbu sertifikat Italiya, Avstriya, Turkiya, Bolgariya va Polshada Kovid-19 ga qarshi karantin shartlarini yengillashtiradi deya qayd etildi.

Yaponiya hukumati ko'proq mamlakatlarda sertifikatlarni qabul qilish bo'yicha tashabbuslarini ko'paytirgani haqida xabar berilgan.

Tanlangan kalimalar: #Passport , #Vaksina , #Korona , #Yaponiya

Aloqador xabarlar