Shimoliy va Janubiy Koreya o'zaro aloqa kanalini tiklashga kelishib oldi

Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati xabar berishicha, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Seul va Pxenyan o‘rtasidagi aloqa kanalini tiklashga hamda ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga kelishib oldi.

1680913
Shimoliy va Janubiy Koreya o'zaro aloqa kanalini tiklashga kelishib oldi

 

Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya o’rtasida bir yildan buyon to’xtab qolgan aloqa kanalini qayta tiklashga kelishib olindi.

Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati xabar berishicha, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Seul va Pxenyan o‘rtasidagi aloqa kanalini tiklashga hamda ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga kelishib oldi.

Ta'kidlanishicha, ikki davlat rahbari joriy yil aprelidan boshlab bir necha marta o‘zaro maktub almashishgan. Aynan shu aloqalar evaziga 2020 yilda uzilib qolgan aloqa kanalini tiklashga kelishishga muvaffaq bo’lingan.

“O’zaro ishonch tamoyili asosida ikki tomonlama munosabatlarni tez vaqt ichida qayta tiklashga umid bildirildi”,-deyiladi xabarda.

Shimoli Koreya davlat agentligi ham Janubiy Koreyaning rasmiy bayonotini tasdiqladi.

2020 yil 9 iyunda Shimoliy Koreya Janubiy Koreya nohukumat tashkilotlari faollari tomonidan chegara orqali shimol tomonga tashviqot varaqalari bog‘langan pufaklar yuborilganiga javoban Seul bilan barcha aloqa liniyalarini uzib qo‘ygandi. Pxenyanda Janubning bu harakatlari ikki tomonlama tinchlik sulhlariga putur yetkazuvchi dushmanona harakat deb baholangandi. Pxenyan bunga javoban Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya o’rtasidagi aloqa ofisining barcha telefonlari hamda aloqa kanalini uzib qo‘ygandi.


Tanlangan kalimalar: #Janubiy Koreya , #Shimoliy Koreya

Aloqador xabarlar