Germaniyadagi Bayer zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi

Portlash oqibatida ko’plab insonlar jarohatlangan. Ulardan ikki nafarining ahvoli og’ir. Besh kishi bedarak yo’qolgan.

1681039
Germaniyadagi Bayer zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi

 

Germaniyaning Leverkuzen shahridagi Bayer zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi.

Portlash oqibatida ko’plab insonlar jarohatlangan. Ulardan ikki nafarining ahvoli og’ir. Besh kishi bedarak yo’qolgan.

Portlash zavodning chiqindilar yoqiladigan hududida sodir bo‘lgan. Portlashdan so’ng atrofni qora tuman qoplagan.

Politsiya mahalliy aholini eshik va derazalarni mahkam yopish hamda ko‘chaga chiqmaslik haqida ogohlantirgan.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, portlash tong saharda yuz bergan bo’lib, u zavodning yonilg’i tankerlari joylashgan maydonida sodir bo’lgan.

Politsiya shaharning g‘arbiy qismida avtomagistralni to‘liq yopib qo'ygan, kimyoviy zavodga tutash hududdan quruvchilar va boshqa xodimlar evakuatsiya qilinmoqda.


Tanlangan kalimalar: #portlash , #zavod , #Germaniya

Aloqador xabarlar