Putin bilan Emomali Rahmon Afgʻonistondagi oxirgi vaziyatni qoʻlga oldi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, iyul oyida shu bilan ikkinchi marotaba telefon orqali muloqat qildi.

1678958
Putin bilan Emomali Rahmon Afgʻonistondagi oxirgi vaziyatni qoʻlga oldi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali qilgan muloqatida, Afgʻonistondagi oxirgi vaziyatni qoʻlga oldi.

Mavzu haqida Kreml tomonidan berilgan bayonotga koʻra Putin bilan Rahmon, Afgʻoniston-Tojikiston chegarasidagi vaziyatni muhokama qilish uchun iyul oyida shu bilan ikkinchi marotaba telefon orqali muloqat qilgan.

Tojikiston tomonining iltimosiga binoan boʻlib oʻtgan ushbu uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat kun tartibidagi muhim masalalar, Afgʻonistondagi oxirgi vaziyat va kuz mavsumida Dushanbeda uyushtiriladigan Shanxay Hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammiti bilan Kollektiv Xavfsizlik shartnomasi tashkilotining (KXShT) Kollektiv xavfsizlik kengashi yigʻilish uchun koʻriladigan tayyorgarliklarni qoʻlga olgan.

Putin bilan Rahmon shuningdek, 5-iyul kuni Tolibonning Tojikiston chegarasidagi xatti-harakatlari haqida gaplashar ekan, Rossiya Davlat rahbari bu borada Dushanbeni qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini yetkazgan.

Bundan tashqari Rossiya Tashqi Ishlar vaziri oʻrinbosari Andrey Rudenko, Afgʻoniston chegarasida bir chegara postini qurish uchun Tojikistonga hech qanday shartsiz yordam berilishini koʻzda tutgan bir shartnoma tayyorlanganini ma’lum qildi.

Rudenko, 

“Tojikiston Mudofaa salohiyatining kuchaytirilishi uchun yordam berishni mutlaqo davom ettiramiz. Hozirda Tojikiston-Afgʻoniston chegara postining qurilishi uchun Tojikistonga hech qanday shartsiz yordam berish uchun hukumatlar shartnomaga qoʻl qoʻyishga tayyorlanmoqda”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar