Covid-19 manbaasini tekshirish rejasining yangi bosqichi tasdiqlanmadi

Xitoy JSSTning Covid-19 manbaasini tekshirish rejasining yangi bosqichini tasdiqlamadi.

1678921
Covid-19 manbaasini tekshirish rejasining yangi bosqichi tasdiqlanmadi

Xitoydagi Sogʻliqni saqlash idoralari Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasiga yoʻl ochgan virus manbaasini tekshirish rejasining yangi bosqichini tasdiqlamadi.

BBC Turkcha tarqatgan ma’lumotga koʻra JSST rasmiylari, Covid-19 birinchi marotaba aniqlangan mintaqadagi labaratoriyalar qaydini tekshirishni talab qilmoqda.

Xitoy Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Zeng Yixin bu tashabbusni “ilmga boʻlgan qopol muomala” deb hisobladi.

JSST mutaxassislari avvalgi faoliyatlarida, Covid-19ning Xitoy labaratoriyalaridan sizib chiqqan boʻlishi mumkin degan iddiolarning kamdan-kam ehtimol ekaniga e’tibor qaratgan.

Shuningdek tadqiqotchilar bu yil boshida, 2019-yilning dekabr oyida Covid-19 virusi birinchi aniqlangan Uxan shahrida boʻlib qaytgandi.


Tanlangan kalimalar: #JSST , #Xitoy , #Covid-19

Aloqador xabarlar