AQSh va Germaniya "Shimoliy Oqim 2" quvur liniyasi loyihasida kelishuvga erishdilar

Amerika Qo'shma Shtatlar (AQSh) va Germaniya Rossiyadan Yevropaga "Shimoliy Oqim 2" quvur liniyasi loyihasini tugatishga imkon beradigan kelishuvga erishdilar.

1678789
AQSh va Germaniya "Shimoliy Oqim 2" quvur liniyasi loyihasida kelishuvga erishdilar

Amerika Qo'shma Shtatlar (AQSh) va Germaniya Rossiyadan Yevropaga "Shimoliy Oqim 2" quvur liniyasi loyihasini tugatishga imkon beradigan kelishuvga erishdilar.

Ushbu kelishuv bilan AQSh va Germaniya Rossiyaning "Shimoliy oqim 2" quvuridan siyosiy qurol sifatida foydalanishga urinishlariga qarshi turishga va'da berishdi.

Ikki mamlakat qo'shma bayonotida

"Amerika Qo'shma Shtatlar va Germaniya sanktsiyalar va boshqa usullar bilan xarajatlarni tayinlash orqali Rossiyani o'zining tajovuzkorligi va zararli faoliyati uchun javobgarlikka tortishga qat'iy qaror qildilar", deyiladi bayonotda.

Agar Rossiya energetikani qurol sifatida ishlatsa yoki Ukrainaga qarshi qo'shimcha choralar ko'rishga harakat qilsa, Germaniya milliy darajada chora ko'radi.

Bayonotda Rossiyaning energetika sohasida  Yevropaga eksport qilish imkoniyatlarini cheklashiga qarshi Yevropa darajasida samarali choralar, shu jumladan sanksiyalarni qo'llash uchun bosim o'tkazilishi ta'kidlangan.

Bayonotda, AQSh va Germaniya Ukrainaning energiya manbalarini  turlilashtirishi  uchun 1 milliard dollarlik fondni qo'llab-quvvatlashga majbur bo'lganligi va Germaniya birinchi navbatda 175 million dollarlik grant ajratishi ta'kidlandi.

Umumiy qiymati 10 milliard yevroni tashkil qilishi kutilayotgan " Shimoliy Oqim 2" loyihasi bilan Boltiq dengizi orqali Germaniyaga yiliga 55 milliard kubometr gaz yetkazib berish rejalashtirilgan.

Loyihaga qarshi bo'lgan mamlakatlar, "Shimoliy oqim 2" Yevropa davlatlarining Rossiyaga qaramligini oshirishga harakat qilmoqda deb iddao qilmoqda.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Shimoliy Oqim 2 , #Rossiya , #Germaniya , #AQSh

Aloqador xabarlar