Kanadadagi oʻrmon yongʻinlarini nazorat ostiga olish imkonsiz holga aylandi

Kanadaning gʻarbida anchadan beri toʻxtamagan issiq havo yuzasidan kelib chiqqan yongʻinlarni nazorat ostiga olish imkonsiz holga aylandi.

1673817
Kanadadagi oʻrmon yongʻinlarini nazorat ostiga olish imkonsiz holga aylandi

Kanadaning gʻarbida anchadan beri toʻxtamagan issiq havo yuzasidan 297 boshqa nuqtada kelib chiqqan yongʻinlarini nazorat ostiga olish imkonsiz holga aylandi.

Britaniyaning Kolumbiya shtatidagi Oʻrmon yongʻinlari xizmati ma’lumotlariga koʻra, yongʻinlarning 84 tasi soʻnggi 48 soat ichida boshlangan.

Rasmiylar oʻrmon yongʻinlari xavfi ostida qolgan aholi punktlari uchun uchta yangi evakuatsiya boʻyicha ogohlantirish berdi.

Yongʻinni qariyb 1100 nafar oʻt ochiruvchi oʻchirishga urinar ekan ularga yordam berish maqsadida Alberta, Ontario, Kvebek va Nyu-Brunsvik provinsiyalaridan qoʻshimcha oʻt oʻchiruvchi xodimlari ham mintaqaga yetib bordi.

Xalq orasidan ham ixtiyorchilar tomonidan yordam berilgan ushbu faoliyatlarda vertolyotlar bilan tanker oʻt oʻchiruvchi uchoqlar ham ishtirok etmoqda.

Britaniyaning Kolumbiya shtatidagi haddan tashqari issiq havo ortidan avj olgan oʻrmon yongʻinlarida bugungacha ikki kishi halok boʻldi. Halok boʻlganlardan tashqari qariyb 1000 kvadrat kilometrlik oʻrmon maydoni yonib kulga aylandi.

Shtatda oʻtgan yilning huddi shu davrida jami 680 oʻrmon yongʻini yuz berar ekan bu yil bu raqamning 947 deb qayd etilgani bildirildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #issiq havo , #Kanada , #oʻrmon yongʻinlari

Aloqador xabarlar