Afg'oniston bo'yicha muzokaralar Eronda boshlandi

Afg'oniston hukumati va Tolibon vakillari muzokaralar o'tkazish uchun Eronning poytaxti Tehronga tashrif buyurdi.

1671301

Eron Tashqi ishlar vazirligi tomonidan  berilgan  bayonotga ko'ra, Afg'oniston hukumati va Tolibon o'rtasidagi muzokaralar Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarifning nutqi bilan boshlandi.

"Afg'oniston xalqi va ularning siyosiy rahbarlari bugun o'z mamlakatlarining  kelajagi uchun og'ir qarorlar qabul qilishlari kerak." dedi.

Muzokara stoliga qaytish va siyosiy kanallarning  eng yaxshi variant ekanligini ifoda etgan Zarif, afg'onlar o'rtasidagi inqirozni yakunlash uchun ularni  qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Afg'oniston hukumati delegatsiyasiga sobiq tashqi ishlar vaziri Yunus Qonuniy va Tolibon delegatsiyasiga tashkilotning siyosiy byurosi rahbarining o'rinbosari Abbos Istankizi boshchilik qilgani ta'kidlandi.

Tanlangan kalimalar: #muzokara , #Tolibon , #Afg'oniston , #Tehron

Aloqador xabarlar