Rossiyada g‘oyib bo‘lgan uchoqning topilgani tahmin qilinmoqda

Rossiyada g‘oyib bo‘lgan uchoqda 22 yo‘lovchining borligi aytilmoqda.

1670824
Rossiyada g‘oyib bo‘lgan uchoqning topilgani tahmin qilinmoqda

Rossiyaning Kamchatka yarim orolida 28 kishini tashigan uchoqning g‘oyib bo‘lgani haqida ma’lumot berilgandi. Uni qidiruv va qutqaruv faoliyatlari natijasida Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi, AN-26 rusumidagi yo‘lovchi uchog‘ining yerga qulagani va undagi barcha yo‘lovchining qurbon bo‘lganini ma’lum qildi.

Mazkur agentlik, yuqorida nomi tilga olingan uchoqning qonish uchun tayyorgarlik ko‘rar chog‘ida havo harakatini boshqarish markazi bilan aloqasini uzganini ham qayd etgan.

Uchoqda 22 yo‘lovchi bilan 6 kishilik ekipaj bor edi. Vertolyot va uchoqlar orqali mintaqada qidiruv - qutqaruv ishlari boshlatilgan.

TASS axborot agentligiga ko‘ra, Palana qishlog‘idan 4 km uzoqlikda bir vayrona borligini aniqlagan.

Ushbu manzil yo‘qolgan uchoq yo‘li ekani bois, topilgan vayronaning qidirilgan uchoqqa oid ekani tahmin qilinmoqda.  


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #AN-26

Aloqador xabarlar