DAEShga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiya yigʻilishi bugun oʻz ishini boshlaydi

DAEShga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiya yigʻilishi bugun poytaxt Rimda oʻz ishini boshlaydi va unda Turkiya nomidan Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu ishtirok etadi.

1665948
DAEShga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiya yigʻilishi bugun oʻz ishini boshlaydi

DAEShga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiya tarkibidagi davlatlarning vazirlar yigʻilishi bugun Rimda oʻz ishini boshlaydi.

Ushbu yigʻilishda Turkiya nomidan Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu ishtirok etadi.

Italiya Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Italiyada Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan birgalikda uyushtirilgan DAEShga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiya yigʻilishida, koalitsiya tarkibidagi dunyoning 81 davlati vakilining ishtirok etishi qayd etildi.

Rimdagi yigʻilish DAESh terror tashkilotining butunlay magʻlubiyatga uchratilishida koalitsiyaning birdamligi, Suriya va Iroqdagi qutqarilgan hududlarni barqarorlashtirish borasidagi majburiyatini tasdiqlash va ishchi guruhlarida hamkorlikni oshirishni koʻzda tutmoqda.

Shuningdek, Italiya talabi asosida Sahel va Afrika qit’asining turli mintaqalarida DAEShga qarashli terror tashkilotlari xavfining ham muhokama qilinishi ma’lum qilindi.

DAEShga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiya yigʻilishida Turkiya nomidan Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu ishtirok etadi.

Chavushoʻgʻluning mazkur yigʻilishdan tashqari Suriya boʻyicha cheklangan vazirlar yigʻilishida ham ishtirok etishi kutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar