AQSh Afg‘onistonda 650 nafar harbiyni qoldirmoqchi

Pentagon vakillarining ma’lumotiga ko‘ra, Afg‘onistonda qoladigan harbiylar diplomatlarning xavfsizligini ta’minlaydi. Yana bir necha yuzlab harbiy xizmatchilar Kobul aeroportida qolib, Turkiyaga xavfsizlikni ta’minlashda ko‘maklashadi.

1664707
AQSh Afg‘onistonda 650 nafar harbiyni qoldirmoqchi

 

AQSh Afg‘onistondan harbiy kontingentining asosiy qismini olib chiqib ketganidan keyin Afg‘onistonda qariyb 650 nafar amerikalik harbiy xizmatchini qoldiradi.

Pentagon vakillarining ma’lumotiga ko‘ra, Afg‘onistonda qoladigan harbiylar diplomatlarning xavfsizligini ta’minlaydi. Yana bir necha yuzlab harbiy xizmatchilar Kobul aeroportida qolib, Turkiyaga xavfsizlikni ta’minlashda ko‘maklashadi.

Amerika va xalqaro kuchlarning Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi 4-iyulga qadar davom etadi.

Iyun oyi boshida AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarining uchdan bir qismini olib chiqib ketgani xabar qilingandi.

Shuningdek, Afg‘onistondagi NATO missiyasi tugagandan so‘ng Turkiya harbiy kuchlari Kobul aeroporti xavfsizligini ta’minlashda yetakchi rolni egallashi haqida AQSh va Turkiya prezidentlari Jo Bayden va Rajab Tayyip Erdo‘g‘on kelishib olgandi.

Avvalroq, “Tolibon” Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegaradagi hududini egallab olgani hamda tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyat keskin deb baholanayotgani haqida xabar berilgandi. Keyinroq Afg‘onistonda hukumat qo‘shinlari “Tolibon” jangarilarini mamlakat shimolidagi bir nechta tumanlardan siqib chiqargani ma’lum bo‘ldi.

Eslatish joizki, aprel oyida AQSh prezidenti Jo Bayden Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlanganini e’lon qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar mintaqada ularning oldiga qo‘yilgan barcha maqsadlarga erishgan. Qurolli kuchlarni 11-sentabrgacha to‘liq chiqarib ketish rejalashtirilgan.

Amerika va NATO mamlakatlari qo‘shinlari 29-apreldan chiqib ketishni boshladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Pentagon , #AQSh

Aloqador xabarlar