AQShning Afgʻonistondan chiqib ketish rejasida hech qanday oʻzgarish yoʻq

Psaki, AQSh Mudofaa vazirligining Afgʻonistondan amerikalik askarlarni olib ketish jarayonini boshqarganini qayd etdi.

1663994
AQShning Afgʻonistondan chiqib ketish rejasida hech qanday oʻzgarish yoʻq

Oq uy Matbuot xizmati kotibi Jen Psaki Amerika Qoʻshma Shtatlarining (AQSh) Afgʻonistondan, 2021-yilning 11-sentabrigacha butunlay chiqib ketish rejasida hech qanday oʻzgarish yoʻqligini ma’lum qildi.

Oq uyda oʻtkazilgan kundalik matbuot anjumanida Psaki, AQSh Mudofaa vazirligining Afgʻonistondan amerikalik askarlarni olib ketish jarayonini  boshqarganini belgilab oʻtgan holda:

“Biz bu jarayonda harbiy personalimiz xavfsizligini ta’minlashimizdan va toʻgʻri yoʻl orqali orqaga chekinayotganimizdan amin ravishda ilgarilayapmiz”. - deya gapirdi.

Mintaqadagi amerikalik askarlarga qarshi Tolibon hujumlarining avj olganini kuzatganliklarini ta’kidlagan Psaki bu vaziyatni:

“Afgʻonistondagi avvalgi va joriy vaziyat biz uchun bir tanlov emasdi”. - deb baholadi.

AQSh Prezidenti Jo Baydenning 25 - iyun haftaning juma kuni Oq uyda afgonistonlik hamkasbi Ashraf Gʻani bilan uchrashishini yetkazgan Psaki:

“Afgʻonistondan 11 - sentabrgacha butunlay chiqib ketish rejamizda hech qanday oʻzgarish yoʻq”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar