Turkiya pandemiyaning 3-to’lqiniga uchragan Afg‘onistonga kislorod balloni yetkazib berdi

Turkiya Afg’oniston Qizil yarim oy jamiyati tomonidan tashkil etilgan 50 o’rinli shifoxonadagi koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun kunlik 50ta (42 litrlik) kislorod balloni yetkazib bermoqda.

1658087
Turkiya pandemiyaning 3-to’lqiniga uchragan Afg‘onistonga kislorod balloni yetkazib berdi

 

Turkiya pandemiyaning uchinchi to’lqiniga duch kelgan Afg’onistonga beg’araz yordam qatorida kislorod balloni yetkazib berdi.

Bu haqda Afg’onistonga tashrif buyurgan Turk Qizil yarim oy jamiyati delegatsiyasi rahbari Ferit Ahmad Ziyo ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, oxirgi bir oyda Afg’onistonda koronavirus pandemiyasining uchinchi to’lqini boshlandi va shiddatli tarqalib borayotgan epidemiya butun mamlakatni qamrab oldi.

Turk Qizil yarim oy jamiyati avval ham koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda ko’maklashish maqsadida Afg’onistonga yordam qo’li uzatganligi qayd etildi.

Turkiya Afg’oniston Qizil yarim oy jamiyati tomonidan tashkil etilgan 50 o’rinli shifoxonadagi koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun kunlik 50ta (42 litrlik) kislorod balloni yetkazib bermoqda.



Aloqador xabarlar