AQSh Erdo‘g‘an - Bayden uchrashuvi haqida bayonot berdi

Jen Psaki, Bayden Vashingtondan Buyuk Britaniyaga qarab yo‘l olgan paytda uchoqdagi jurnalistlar savoliga javob berdi.

1655266
AQSh  Erdo‘g‘an - Bayden uchrashuvi haqida bayonot berdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Bayden uchrashuvi yaqinlashar ekan, har ikki tomondan ham yangi bayonotlarning kelishi davom etmoqda. Oq uy Matbuot xizmati kotibi Jen Psaki: “Birgalikda faoliyat yurita oladigan sohalar ham bor, farqli ko‘z qarashlarimiz ham”. - dedi.

Jen Psaki, Bayden Vashingtondan Buyuk Britaniyaga qarab yo‘l olgan paytda uchoqdagi jurnalistlar savoliga javob berdi.

AQShning Erdo‘g‘an - Bayden uchrashuvidan nimalar kutgani haqidagi savolga javob bergan Psaki bu haqida:

“Konstruktiv tarzda birgalikda ishlashning muhim ekaniga ishonch xosil qilgan sohalar ham bor, keskin va farqli ko‘z qarashlarimiz ham”. - dedi.

Psaki, Jo Baydenning chet elga bo‘lgan birinchi tashrifi dasturida Prezident Erdo‘g‘an bilan bo‘ladigan uchrashuvga alohida e’tibor berganini ta’kidlagan holda, 14 - iyundagi (Belgiya poytaxti Bryusseldagi NATO sammitida) uchrashuvning yuzma -yuz diplomatiya uchun bir imkon bo‘lishini ta’kidladi.

Jurnalistlar, “Suriya singari maxsus sarlavhalarni olishimiz ham mumkinmi?” - deb savol berar ekan Psaki:

“Hech shubhasiz ikkala lider mintaqaviy xavfsizlik masalalarini, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) va iqtisodiyot ham doxil xalqaro hamjamiyatni qiziqtirgan muammolarni qo‘lga oladilar. Ikki tomonlama uchrashuv yaqinlashganida yana - da batafsilroq ma’lumot bo‘lishamiz” - deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar