Janubiy Koreyada binoni buzish vaqtida 9 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida buzilayotgan binoning nazoratsiz qulashi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 8 kishi jarohat oldi.

1655019
Janubiy Koreyada binoni buzish vaqtida 9 kishi halok bo‘ldi

 

Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida buzilayotgan binoning nazoratsiz qulashi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 8 kishi jarohat oldi. Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko'ra, 5 qavatli binoni buzish vaqtida u belgilangan joyga emas, balki oldidagi bekatda kutib turgan yo'lovchi avtobusining ustiga qulab tushgan.

Bino bekatda kutib turgan avtobusni bosib qolgan. Qurbon bo'lganlarning barchasi o'sha avtobusdagi yo‘lovchilar bo‘lgan. Jarohatlanganlar og‘ir ahvolda shifoxonalarga yetkazilgan.

Qutqaruv xizmatlari vayronalar tagida qidiruv-qutqaruv operatsiyasini olib bormoqda. Binoning qulash sabablari tekshirilmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Janubiy Koreya

Aloqador xabarlar