Bolgariyaning MiG-29 qiruvchi samolyoti Qora dengizga qulab tushdi

Ushbu voqea "Xalqaro Shabla-2021 havo-harbiy mashg'ulotlari" vaqtida ro'y bergan bo'lib, uning sababi hozircha aniq emas.

1655015
Bolgariyaning MiG-29 qiruvchi samolyoti Qora dengizga qulab tushdi

 

Bolgariya harbiy-havo kuchlariga oid MiG-29 qiruvchi samolyoti Qora dengizga qulab tushdi. Bu haqda Bolgariya mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, ushbu voqea Shabla shahri hududida o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida ro'y bergan. Mahalliy vaqt bilan soat 00:45da samolyot bilan aloqa uzilgan.

Halokat sababi hozircha aniq emas. Uchuvchini qidirish uchun ikkita kema, vertolyot va dronlar jalb etilgan.

Bolgariya bosh vaziri Stefan Yanev bilan Mudofaa vaziri Georgi Panayotov voqea joyiga yetib kelgan.

Ta'kidlanishicha, harbiy samolyot "Xalqaro Shabla-2021 havo-harbiy mashg'ulotlari"da ishtirok etayotgandi. 7 iyunda boshlangan harbiy mashg'ulotlar 11 iyunga qadar davom etishi rejalangandi. Mashg'ulotlarda AQSh, Serbiya va Bolgariya havo-harbiy kuchlari, shuningdek 1500 harbiy ishtirok etmoqda.

Halokat sababli harbiy mashg'ulotlarga tanaffuz berildi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #halokat , #MİG-29 , #Bolgariya

Aloqador xabarlar