Eron harbiy-dengiz kuchlariga oid kema Ummon ko‘rfazida cho‘kib ketdi

Eron harbiy-dengiz kuchlariga oid “Khark” nomli harbiy kema Eron harbiy flotining eng katta kemasi bo‘lib, u 40 yildan beri Eron dengiz kuchlarida xizmat qilib kelayotgandi.

1650751
Eron harbiy-dengiz kuchlariga oid kema Ummon ko‘rfazida cho‘kib ketdi

 

Eron harbiy-dengiz kuchlariga oid “Khark” nomli harbiy kema Ummon ko‘rfazida cho‘kib ketdi.

Harbiy kema xalqaro dengiz hududlarida mashg‘ulot olib borayotganda uning tizimlaridan birida yong‘in sodir bo’lgan. Yong‘inga qarshi kurash 20 soat davom etgan, biroq uni to‘xtatishning iloji bo‘lmagan. Natijada yong‘in kemaning boshqa qismlariga ham o‘tib, uning suv ostiga g‘arq bo‘lishiga olib kelgan. 

Kemada yong‘in boshlangach, uning butun ekipaji sohilga evakuatsiya qilingan. Yong‘in chiqishiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma'lum qilinmagan.

Khark kemasi Eron harbiy flotining eng katta kemasi bo‘lib, u 40 yildan beri Eron dengiz kuchlarida xizmat qilib kelayotgandi. U dengizdagi boshqa kemalar ta'minoti, og‘ir yuklarni tashish bilan shug‘ullangan va vertolyotlar uchun havoga ko‘tarilish maydonchasi bo‘lib xizmat qilgan.


Tanlangan kalimalar: #kema , #Eron

Aloqador xabarlar