Iroqda “qora mog‘or” kasalligiga chalinish bo‘yicha o’lim holati qayd etildi

Sputnik nashri xabar berishicha, mutahassislar insonlarni “qora mog‘or” kasalligi koronavirus bilan aloqador bo’lishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

1649537
Iroqda “qora mog‘or” kasalligiga chalinish bo‘yicha o’lim holati qayd etildi

 

Hindistondan keyin Iroqda ham “qora mog‘or” kasalligiga chalinish bo‘yicha birinchi o’lim holati qayd etildi. Ma’lumki, Hindistonda ushbu kasallik tufayli 200dan ortiq kishi hayotdan ko’z yumgan.

Sputnik nashri xabar berishicha, ushbu kasallik Iroqning Zikar viloyatiga qarashli Nosiriya tumanida uchragan.

Ta’kidlanishicha, ushbu kasallik koronavirusga chalinish oqibatida immuniteti kuchsizlangan odamlarda uchramoqda. Shu sababli, mutahassislar insonlarni “qora mog‘or” kasalligi koronavirus bilan aloqador bo’lishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Hozirda Hindistonda ushbu kasallikka chalinganlar soni 10 mingdan oshgan, 200dan ortiq inson kasallik tufayli halok bo’lgan.


Tanlangan kalimalar: #Hindiston , #qora mog'or , #Iroq

Aloqador xabarlar