Isroilning G‘azo hujumlarida shahid bo‘lganlar soni ortdi

Isroilning G‘azo hujumlarida shahid bo‘lganlar sonining ortgani ma'lum qilindi.

1645132
Isroilning G‘azo hujumlarida shahid bo‘lganlar soni ortdi

Isroilning G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida jarohat olgan falastinlik ikki kishi davolanayotgan kasalxonada vafot etdi.

Harbiy bo‘lmagan mudofaa guruhi ham Xon Yunusning sharqida amalga oshirgan qayta tiklash faoliyatlari chog‘ida, hujumlarda shahid bo‘lgan 4 kishining jasadini topdi.

G‘azoda Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Isroilning G‘azo hujumlarida shahid bo‘lganlar sonining 253 nafarga yetgani, ulardan 66 nafarining yosh bola, 39 nafarining esa ayol kishilardan iboratligini ma’lum qildi.

Isroil tomonidan 10 - may kuni qamaldagi G‘azo sektoriga qarshi uyushtirilgan hujumlar Hamas bilan tuzilgan sulhga muvofiq 21- may kuni mahalliy vaqt bilan soat 02:00 da to‘xtagandi.

Shuningdek Isroil askarlari, bosib olingan G‘arbiy Sohilda joylashgan Talmon yahudiy aholi punkti yonidan o‘tib ketayotgan 16 yoshli bolani, “Isroil transport vositalariga tosh otdi” degan iddio bilan o‘q uzib, yaraladi.

Yelkasidan jarohat olgan bolaga operatsiya qilingani va uning ahvolining yaxshi ekani xabar qilindi.

Isroil politsiyasi bosib olingan Quddusning shimolida joylashgan Bayt Haninada ham 10 yoshli falastinlik bolani nazorat ostiga oldi.

Guvohlarning ta’kidlashicha Isroil politsiyasi bolani bir muddat politsiya mashinasida ushlab turganidan keyin qo‘yib yuborgan.

Falastinlik bolaning nima uchun nazorat ostiga olingani haqida hech qanday ma’lumot berilmadi.



Aloqador xabarlar