Kuala-Lumpur metrosida sodir bo'lgan halokatda 213 kishi jabrlandi

Malayziya transport vaziri Vi Ka Sion yo’lovchilarning har biriga 1000 Malayziya Ringgiti (2025 Turk lirasi) berilishini ma’lum qilgan.

1645164
Kuala-Lumpur metrosida sodir bo'lgan halokatda 213 kishi jabrlandi

 

Kecha, 24 may kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur metrosida ikkita poyezd to‘qnashuvi sodir bo’ldi. Halokat oqibatida kamida 213 kishi jabrlandi. Ulardan 6 nafari og‘ir ahvolda.

Bu haqda Federal hududlar vaziri Annuar Muso ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, voqea mahalliy vaqt bilan soat 20:33da yuz bergan. Poyezdlardan biri yo‘lovchilarga to’la bo’lgan va u harakatlanayotgan bo’lgan. Ikkinchi poyezd esa bo’sh bo’lgan.

Malayziya transport vaziri Vi Ka Sionning ta'kidlashicha, to‘qnashuv vaqtida birinchi poyezdda jami 232 yo‘lovchi bo‘lgan. U yo’lovchilarning har biriga 1000 Malayziya Ringgiti (2025 Turk lirasi) berilishini ma’lum qilgan.

Og‘ir jarohat olgan yo’lovchilar shifoxonaga olib ketilgan. Qolgan yo‘lovchilarga voqea joyida yordam ko‘rsatilgan.

Transport vaziri halokat aloqa bo’yicha muammodan kelib chiqqanligini taxmin qilmoqda. Voqea yuzasidan tergov harakati olib borilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Malayziya , #Kuala-Lumpur

Aloqador xabarlar