Entoni Blinken Ryanair samolyotining Minskda favqulodda qo‘ndirilishini qoraladi

Belorus hukumatining samolyotni Minskka qo‘ndirganligini tergov qilishga chaqirgan Blinken, bu masala bilan yaqindan shug'ullanishini va Xalqaro aviatsiya tashkiloti mavzu yuzasidan favqulodda to'planishini qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

1644629
Entoni Blinken Ryanair samolyotining Minskda favqulodda qo‘ndirilishini qoraladi

 

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Belorus hukumatini Ryanair aviakompaniyasiga oid samolyotning Minskda favqulodda qo‘ndirilishini qoraladi. Samolyot bortida bo'lgan Nexta telegram-kanalining sobiq muharriri, muholif jurnalist Roman Protasevichning qo'lga olinganligiga e'tiroz bildirdi.

Entoni Blinken muholif jurnalistning darhol qo'yib yuborilishini talab qildi.

Belorus hukumatining samolyotni Minskka qo‘ndirganligini tergov qilishga chaqirgan Blinken, bu masala bilan yaqindan shug'ullanishini va Xalqaro aviatsiya tashkiloti mavzu yuzasidan favqulodda to'planishini qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

Avvalroq, Yevropa ittifoqi rahbarlari va NATO Minskda Ryanair aviakompaniyasining bortida Nexta telegram-kanalining sobiq muharriri Roman Protasevich bo‘lgan samolyotining favqulodda qo‘ndirilishini qoralab chiqishgandi.

 

Ma'lumotga ko'ra, Afinadan Vilnyusga uchgan samolyot "mina borligi" haqidagi xabardan so‘ng Minskdagi aeroportga qo‘ndirilgan. Minskda yo‘lovchilar samolyotdan tushirilgan va qayta tekshiruvdan o‘tkazish uchun aeroport ichkarisiga olib ketilgan, shu vaqtda muholif jurnalist Protasevich qo‘lga olingan.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen samolyot bilan yuz bergan hodisani “nomaqbul” deb atagan.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar