Isroil hujumlarida shahid bo‘lgan falastinliklar soni ortdi

Isroil hujumlarida shahid bo‘lgan falastinliklar soni 35 nafardan oshar ekan tan jarohati olganlar soni 200 nafardan ko‘p deb qayd etildi.

1638235
Isroil hujumlarida shahid bo‘lgan falastinliklar soni ortdi

Isroil politsiyasi ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusda o‘rin olgan Al - Aqsa masjidida ovoz bombalari orqali falastinlik yoshlarga hujum qildi.

Sharqiy Quddusning Eskishahar mintaqasida joylashgan Xaromi Sharifda o‘qilgan xufton va tarovix namozlari ortidan falastinlik yoshlar “Qibla” masjidi bilan Kubbatus Sahro o‘rtasida yig‘ildi.

Isroil politsiyasi takbir va shiorlar aytgan yoshlarga bir muddat ovoz bombalari orqali monelik qildi.

Falastinlik yoshlar esa tosh va salyutlar orqali qarshilik ko‘rsatdi.

Isroil politsiyasi Xaromi Sharif hovlilarida falastinlik yoshlarni quvladi.

Aqsa masjidi o‘rin olgan Eskishahar mintaqasining Shom darvozasida ham falastinlik yoshlarga to‘siqlik qilindi.

Isroil politsiyasi tarovix namozlari ortidan Shom darvozasida yig‘ilgan yoshlarga ovoz bombalari otib, iflos suv purkadi.

Shuningdek mintaqagi Mustaribin degan nom bilan tanilgan Isroilning oddiy fuqarolik kiyim kiygan maxsus politsiyalari yoshlardan birini nazorat ostiga oldi.

Shu bilan birga Falastin Qizil Yarim oy jamiyati bergan bayonotga ko‘ra, Isroil politsiyasi Aqsa masjidida yuz bergan voqealarda tan jarohati olganlarga yordam berish maqsadida borgan tibbiy xodimlarga ruxsat bermagan.

Bir necha kundan beri davom etgan Isroil hujumlarida shahidlar soni 35 nafarga chiqar ekan tan jarohati olganlar soni 200 nafardan oshdi.



Aloqador xabarlar