Blinken falastinliklar uchun ta’ziya izhor etmadi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken falastinliklar uchun ta’ziya izhor etmadi.

1638272
Blinken falastinliklar uchun ta’ziya izhor etmadi

Amerika Qo‘sham Shtatlari (AQSh) Davlat kotibi Entoni Blinken falastinliklar uchun ta’ziya izhor etmadi.

Entoni Blinken isroillik kasbdoshi Gabi Ashkenazi bilan telefon orqali qilgan muloqatida ham Isroil ham da Falastin tomonini tinchlikka chaqirdi.

AQSh Davlat kotibi Matbuot xizmati vakili Ned Prays, Blinken bilan Ashkenazi o‘rtasida telefon orqali bo‘lib o‘tgan muloqat haqida yozma ravishda bayonot berdi.

Unda, Blinkenning muloqat chog‘ida Isroilga qarshi yo‘lga qo‘yilgan raketa hujumlari tufayli tashvishda ekani va bu hujumlarda halok bo‘lganlarga ta’ziya izhor etgani qayd etilar ekan Blinkenning Isroil hujumlarida halok bo‘lgan falastinliklar uchun ta’ziya izhor etmagani e’tiborlarni o‘ziga qaratdi.

Shuningdek, TRT World muxbiri Yunus Pakso‘y bilan Ned Praysning muloqati ham AQShning ko‘z qarashini yaqqol namoyon etayotgandek edi.

Pakso‘yning, “Falastinliklardan Isroilga qarshi otilgan raketa hujmini qoraladingiz ammo kecha Isroil hujumlarida o‘ldirilgan bolalar borasida hech nima demadingiz. O‘ldirilgan bolalarning rasmlarini ko‘rdingizmi? Bu masalada vazirlik sifatida nimadir deyishni xohlaysizmi?” - degan savolga Prays:

“U rasmlarni ko‘rdim. U rasmlarga qarab achinmaslik qiyin. Shu bois ham bugun tinch aholi hayotini himoya qilish maqsadida cheklov va taranglikni kamaytirishga chaqirdik”. - deb javob berdi.



Aloqador xabarlar