Isroil kuchlari ikki nafar falastinlik umriga zomin bo‘ldi

Isroil kuchlari ikki nafar falastinlik umriga zomin bo‘lar ekan biriga og‘ir tan jarohati yetkazdi.

1635971
Isroil kuchlari ikki nafar falastinlik umriga zomin bo‘ldi

Isroil kuchlari ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda, “qurol orqali hujum qilishga tashabbus qildi” degan sabab bilan 2 nafar falastinlikni o‘ldirdi va biriga esa og‘ir tan jarohati yetkazdi.

Isroil politsiyasi tomonidan mavzu  haqida berilgan bayonotda, 3 nafar falastinlikning G‘arbiy Sohilda Jenin shahri yaqinlarida chegara politisyasiga oid bir bazaga qarshi o‘q ochgani qayd etildi.

Bayonotda, o‘q uzganlarning “yo‘q qilingani” haqidagi ifodaga o‘rin berilar ekan Isroil matbuoti kelib chiqqan to‘qnashuvda 2 nafar falastinlikning halok bo‘lgani va birining og‘ir tan jarohati olganini bildirdi.

Tan jarohati olgan falastinlikning Isroildagi bir kasalxonaga yotqizilgani ma’lum qilinar ekan, voqea ustidan Falastin maqomlari tomonidan hali hanuz hech qanday bayonot berilmadi.



Aloqador xabarlar