AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Ukrainaga tashrif buyurdi

Blinken poytaxt Kiyevda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan uchrashdi. U Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va boshqa amaldorlar, shuningdek, fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashadi.

1635307
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Ukrainaga tashrif buyurdi

 

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bugun, 5-may kuni ikki kunlik tashrif bilan Ukraina poytaxti Kiyevga keldi.

Vashington va Moskva o’rtasida taranglik davom etayotgan shu kunlarda AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning Ukrainaga tashrifi muhim ahamiyat kasb etadi.

AQSh davlat kotibining tashrifi “AQShning davom etayotgan Rossiya tajovuzi sharoitida Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashi”ni tasdiqlaydi.

Blinken poytaxt Kiyevda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan uchrashdi. U Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va boshqa amaldorlar, shuningdek, fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashadi.

Avvalroq, Vladimir Zelenskiy Ukrainaning NATOga a’zo bo’lishi uchun Vashingtondan yordam kuzayotganligini ta’kidlagandi.

Vladimir Zelenskiy uchrashuv ve muzokaralarda Ukrainaga harbiy tahdidlar tufayli Vashingtondan harbiy yordam talab qilishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Ukraina , #Entoni Blinken

Aloqador xabarlar