Afg‘onistonda yuz bergan sel falokatida 14 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi og‘ir yog‘ingarchiliklarning selga yo‘l ochishi, 14 kishining umriga zomin bo‘ldi.

1633745
Afg‘onistonda yuz bergan sel falokatida 14 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning g‘arbida joylashgan Hirot viloyatida yuz bergan sel falokatida 14 kishi halok bo‘ldi.

Hirot shahar hokimi Matbuot xizmati kotibi Jayloniy Farhod, Adrasken tumanida og‘ir yog‘ingarchiliklarning selga yo‘l ochganini qayd etdi.

Unda 14 kishining halok bo‘lganini ifoda etgan Farhod, ko‘plab hayvonning ham o‘lganini bildirdi.

Farhod, Hirotning Uba tumanida ham sel falokati yuz bergani va unda jon bergan yoki tan jarohati olganlar haqida hali hanuz ma’lumot yo‘qligini ma’lum qildi.

Ko‘plab uyning suv ostida qolganiga e’tibor qaratgan Farhod, qidiruv va qutqaruv faoliyatlarining davom etganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar