Afg'onistonda qo'mondon Primqul Ziyoyi suiqasd qurboni bo'ldi

Afg'oniston shimoli sharqida Jumbush partiyasi rahbari o'rinbosari, qo'mondon Primqul Ziyoyi sodir etilgan suiqasd oqibatida halok bo'ldi.

1632851
Afg'onistonda qo'mondon Primqul Ziyoyi suiqasd qurboni bo'ldi

 

Afg'oniston shimoli sharqida Jumbush partiyasi rahbari o'rinbosari, qo'mondon Primqul Ziyoyi sodir etilgan suiqasd oqibatida halok bo'ldi.

Bu haqda Tahor viloyati xavfsizlik boshqarmasi kotibi Xalil Asir ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, Jumbush partiyasi rahbari o'rinbosari Primqul Ziyoyi Tahor viloyatining Rustak tumaniga qarashli Girdob qishlog'ida sodir etilgan hujumda halok bo'ldi.

Ma'lumotga ko'ra, qo'mondon Primqul Ziyoyi ushbu qishloqda Tolibon harakatiga qarshi harbiy operatsiya o'tkazgandi. Suiqasdning qanday sodir etilgani hozircha ma'lum qilinmagan. Voqeada Primqul Ziyoyining ikkita qo'riqchisi jarohatlangan.

Hujum javobgarlari ma'lum emas. Tergov-surishtiruv harakati olib borilmoqda.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #suiqasd , #Tahor , #Primqul Ziyoyi , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar