Peskov: Erdo‘g‘anning Turkiya rivojiga - rivoj qo‘shayotgani AQShni bezovta qilmoqda

Kreml saroyi Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov, Turkiya - AQSh munosabatlari haqida bayonotlar berdi.

1631003
Peskov: Erdo‘g‘anning Turkiya rivojiga - rivoj qo‘shayotgani AQShni bezovta qilmoqda

Kreml saroyi Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskovning qayd etishicha, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning Turkiya rivojiga - rivoj qo‘shayotgani Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) yetakchiligini bezovta qilmoqda.

Turkiya - AQSh munosabatlari haqida bayonotlar bergan Peskov, Turkiyaning o‘ziga ishongan davlat ekani va Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning Turkiya rivojiga - rivoj qo‘shayotganiga e’tibor qaratdi.

AQSh yetakchiligining esa bundan tashvishda ekanini ifoda etgan Kreml Matbuot xizmati kotibi, Rossiyadan S - 400 zenit raketa tizimi xarid qilinishi bilan bu tashvishning bosimga aylanganini ta’kidladi va shuningdek bu haqida:

“Vashington yana - da moslashuvchan Anqara bilan ishlashni xohlardi”. - dedi.

Peskov AQSh Davlat rahbari Jo Baydenning arman voqealari haqidagi “qatliom” ifodasini ishlatishiga ham to‘xtaldi.

Peskov ushbu bayonotning tarixni terang tushinib yetish istagi bilan aloqasi yo‘qligini va AQSh siyosatining bir bo‘lagi ekanini qayd etdi.



Aloqador xabarlar