Inson qo‘li bilan yasalgan ofatlar bolalarning muhim qismini yetim qoldirdi

Sakkiz yildan beri Ramazon oyining har on beshinchi kuni yetim bolalarga bo‘lgan e’tiborni oshirish, bolalarni yetim qoldirgan urush, yo‘qsillik, kasallik va inson qo‘li bilan yaratilgan va boshqa ofatlarning kamaytirilishi maqsadida idrok etilmoqda.

1629731
Inson qo‘li bilan yasalgan ofatlar bolalarning muhim qismini yetim qoldirdi

Dunyoda qariyb 2.5 milliard boladan kamida 1 milliardi yetim yoki o‘ksiz.

Yetimlar jamg‘armasi tomonidan berilgan bayonotda, Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan Ramazon oyining har on beshinchi kuni nishonlanishi haqida qaror qabul qilingan “Xalqaro yetimlar kuni” bu yil sakkizinchi marotaba islom olamida yetim bolalarga bo‘lgan e’tiborni oshirish, bolalarni yetim qoldirgan urush, yo‘qsillik, kasallik va inson qo‘li bilan yaratilgan va boshqa ofatlarning kamaytirilishi maqsadida idrok etilgani qayd etildi.

Bayonotda:

“Dunyodagi qariyb 2.5 milliard boladan kamida 1 milliardi yetim yoki o‘ksiz. Ya’ni dunyo, bolalarning muhim qismini yetim qoldirdi”. - deyildi.  

Suriya ichki urushining qariyb 1 million bolani yetim qoldirgani ifoda etilgan bayonotda, dunyoda qariyb 395 million bolaning qashshoqlik ichida umr surganiga e’tibor qaratildi.  

Har yili qariyb 1 million kishi suv va gigiena yuzasidan kasal bo‘lib halok bo‘lgan va har bir 2 daqiqada bir bolaning ham huddi shu sabablardan bu dunyo bilan xayrlashgani ifoda etilgan bayonotda, Suriyadagi ichki urush jarayonida Yevropaga o‘tar chog’ida 10 ming bolaning bedarak yo‘qolgani qayd etildi.  

Bayonotda,

“Kech bo‘lmay turib insoniyat, Suriyada o‘z davlati tomonidan yetim qoldirilgan bolalarga quchoq ochishga, sharqiy turkistonli bolalar ovozini eshitishga, falastinda o‘z yurtida pariyaga aylangan bolalar yonida bo‘lishga, Arakanda necha yillardan beri vatansizlik va ko‘chmanchilikning qorong‘usida yo‘qolib ketgan bolalarni ko‘rishga qisqasi dunyoni 400 million yetimni qo‘llab - quvvatlashga chaqiramiz”. - deyildi.

 

 



Aloqador xabarlar