Malayziya Hindistonga aviaqatnovlarni to’xtatdi

Malayziya Hindistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat o‘ta og‘irlashib borayotgani sababli mamlakat bilan o’zaro aviaqatnovlarni vaqtinchalik to’xtatdi.

1629061
Malayziya Hindistonga aviaqatnovlarni to’xtatdi

 

Malayziya Hindistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat o‘ta og‘irlashib borayotgani sababli mamlakat bilan o’zaro aviaqatnovlarni vaqtinchalik to’xtatdi.

Malayziya mudofaa vaziri Ismoil Sabri Yoqub ma’lum qilishicha, Hindistonda tarqalgan koronavirusning juft mutant variantiga (B.1.617) qarshi Malayziya hukumati tomonidan olingan chora-tadbirlarni e’lon qildi.

Bunga ko’ra, ertaga 28-apreldan boshlab Hindiston bilan Malayziya o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yoki tranzit sayohatlar bir muddatga to’xtatiladi.

“Malayziyada yashash va mehnat qilish uchun maxsus ruxsatnomaga ega bo’lgan Hindiston fuqarolarining ham mamlakatga kirishi taqiqlanadi”,-dedi Malayziya mudofaa vaziri.

Shuningdek, Malayziyaga Hindiston tovarlarini olib kirish ham to’xtatildi.

Hindistonda oxirgi bir necha kun koronavirusga chalinish bo‘yicha antirekordlar qayd qilinmoqda. So‘nggi bir sutkada mamlakatda 352 mingdan ko‘proq yangi kasallanish holati qayd etilgan. Mamlakatda har kuni minglab odamlar koronavirus qurboniga aylanmoqda.

Hozirda Hindiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha AQShdan keyin 2-o‘rinni, o‘limlar soni bo‘yicha esa 4-o‘rinni egallamoqda. Mamlakatdagi shifoxonalar to‘lib-toshgan, kislorod ballonlari yetishmayotir. Hukumat epidemiyaning yangi to‘lqiniga tayyor turmaganlikda ayblanmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Malayziya , #Hindiston

Aloqador xabarlar