Xitoy prezidenti iqlim bo‘yicha xalqaro sammitda ishtirok etadi

“Xitoy Xalq Respublikasi prezidenti Si Szinpin ertaga, 22 aprel kuni videokonferensiya shaklida bo’lib o’tadigan iqlim bo‘yicha xalqaro sammitda ma’ruza qiladi”,-deyiladi bayonotda.

1625565
Xitoy prezidenti iqlim bo‘yicha xalqaro sammitda ishtirok etadi

 

Xitoy Xalq Respublikasi prezidenti Si Szinpin AQSh prezidenti Jo Baydenning taklifiga binoan iqlim bo‘yicha xalqaro sammitda ishtirok etadi. Si Szinpin sammitda ob-havo to‘g‘risida nutq so‘zlaydi.

Bu haqda mamlakat Tashqi Ishlar vazirligi kotibi Xua Chunin bayonot berdi.

“Xitoy Xalq Respublikasi prezidenti Si Szinpin ertaga, 22 aprel kuni videokonferensiya shaklida bo’lib o’tadigan iqlim bo‘yicha xalqaro sammitda ma’ruza qiladi”,-deyiladi bayonotda.

Ta’kidlash joizki, o’tgan hafta AQSh prezidentining iqlim bo’yicha maxsus maslahatchisi John Kerry sammitga tayyorgarlik doirasida Xitoyga 4 kunlik rasmiy ziyorat amalga oshirgandi.

Ma’lumot uchun, AQSh prezidenti Jo Bayden 22-23 aprel kunlari iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash mavzusida xalqaro sammit o‘tkazishni rejalashtirgandi.

Sammitga 40 ta davlatning yetakchilari, jumladan Turkiya prezidenti Rajap Tayyir Erdo’g’an ham taklif etilgan. Tadbir atrof-muhit uchun zararli bo‘lgan mahsulotlar bo’yicha tartibni kuchaytirish mavzusiga bag‘ishlanadi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #iqlim bo'yicha sammit , #Si Szinpin , #Xitoy

Aloqador xabarlar