"Tolibon" harakati xalqaro anjumanlarda ishtirok etmasligini e'lon qildi

"Yurtimizdan barcha xorijiy qo‘shinlar olib chiqib ketilmaguncha, Afg‘oniston kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilish maqsad qilingan anjumanlarda ishtirok etmaymiz",-dedi "Tolibon"ning Qatardagi ofisi vakili Muhammad Naim.

1621269
"Tolibon" harakati xalqaro anjumanlarda ishtirok etmasligini e'lon qildi

 

"Tolibon" harakati Afg‘onistondan barcha xorijiy qo‘shinlar olib chiqib ketilmaguncha har qanday xalqaro anjumanda ishtirok etmasligini e'lon qildi.

"Yurtimizdan barcha xorijiy qo‘shinlar olib chiqib ketilmaguncha, Afg‘oniston kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilish maqsad qilingan anjumanlarda ishtirok etmaymiz",-dedi "Tolibon"ning Qatardagi ofisi vakili Muhammad Naim.

13 aprelda Oq uy ma'muriyati vakili Afg‘onistondan amerikalik harbiylar 2021 yil 11 sentyabrgacha to‘liq olib chiqib ketilishini ma'lum qildi. AQShning avvalgi ma'muriyati buni 1 maygacha amalga oshirishni rejalashtirgandi.  

Vashington Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga turtki berish maqsadida 2020 yil 29 fevralda "Tolibon" bilan sulh tuzgandi. Unga ko‘ra, "Tolibon" Afg‘oniston hududidan AQSh va uning ittifoqdoshlariga putur yetkazish uchun foydalanmaslikka, AQSh esa toliblar barcha kelishuvlarga amal qilsa, 14 oy ichida o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishga va'da bergan. 

Avvalroq, Turkiya tashqi ishlar vazirligi Istanbulda 24 apreldan 4 maygacha BMT boshchiligida Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro anjuman bo‘lib o‘tishi ma'lum qilgandi. Unga Afg‘oniston hukumati va "Tolibon" vakillari ham taklif qilingan.  

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, hozirda Afg'onistonda xizmat qilgan amerikalik harbiylar soni 2500 nafarni tashkil qilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar