Myanmadagi to‘qnashuvlarda qurbonlar soni 710 nafarga yetdi

Myanmada harbiylar va namoyishchilar orasida davom etayotgan to‘qnashuvlarda halok bo'lganlar soni 710 nafarga yetdi. Ular orasida 50 nafari yosh bolalarni tashkil qiladi.

1619994
Myanmadagi to‘qnashuvlarda qurbonlar soni 710 nafarga yetdi

 

Myanmada harbiylar va namoyishchilar orasida davom etayotgan to‘qnashuvlarda halok bo'lganlar soni 710 nafarga yetdi. Ular orasida 50 nafari yosh bolalarni tashkil qiladi.

Myanmada siyosiy mahkumlarga yordam berish uyushmasi ma'lumotlariga ko‘ra, so’nggi bir sutkada yana 4 kishi hayotdan ko’z yumgan. Shu bilan jami qurbonlar soni 710 nafarga yetgani tasdiqlanar ekan, 3080 kishi qo’lga olinganligi qayd etildi. Hisobotga ko’ra, harbiy to’ntarishga qarshi chiqqan 697 kishining hibsga olinishiga order berilgan. To’qnashuvlar avj olgan Bago shahrida kamida 82 kishi halok bo’lgan. Shahar aholining aksariyati uylarini tark etishmoqda.

Mahalliy matbuotga intervyu bergan faollarning aytishicha, 10 aprelda Myanma qo’shinining tinch aholiga nisbatan hujumlari oqibatida taxminan 100 ming kishi uyini tark etib, shahar yaqinidagi qishloqlarga sig’ingan.

Eslatish joizki, joriy yilning 1 fevral kuni Myanmada harbiy to‘ntaruv amalga oshirilib, mamlakat rahbariyati hokimiyatdan chetlatilgandi. Davlat rahbari va boshqa yetakchilar, hukumatdagi partiya rahbarlari qo’lga olingandi.

Mamlakatda bir yil muddatga favqulodda holat rejimi e’lon qilingandi. O‘shandan beri mamlakatda harbiylar siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda. Namoyishlar kuch tuzilmalari tomonidan keskin tarzda bostirilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #harbiy to'ntarish , #Myanma

Aloqador xabarlar