Nigeriyada qamoqxonadan qochgan 1844 mahbusdan 36 nafari taslim bo’ldi

Nigeriya ichki ishlar vaziri Rauf Aregbesola agarda mahbuslar o’z xohshi bilan taslim bo’lsa, qochgani uchun qo’shimcha jazoga tortilmasligini ma’lum qildi.

1617113
Nigeriyada qamoqxonadan qochgan 1844 mahbusdan 36 nafari taslim bo’ldi

 

Nigeriyaning Imo viloyatida 5 aprel kuni qamoqxonaga sodir etilgan hujum vaqtida qochishga muvaffaq bo’lgan 1844 nafar mahbusdan 36 nafari taslim bo’ldi.

Bu voqea Overi qamoqxonasida ro’y bergan. Qamoqxona rahbari James Maduba ma’lum qilishicha, qamoqxonadan qochgan mahbuslarni qidirish va takror qo’lga olish uchun maxsus operatsiya olib borilmoqda.

Avvalroq, Nigeriya ichki ishlar vaziri Rauf Aregbesola agarda mahbuslar o’z xohshi bilan taslim bo’lsa, qochgani uchun qo’shimcha jazoga tortilmasligini ma’lum qilgandi.

Ta’kidlash joizki, qamoqxonaga hujum vaqtida jami 1844 nafar mahbus qochishga muvaffaq bo’lgan, 35 mahbus qochishdan bosh tortgan. 50ta mashina yoqib yuborilgan, 6 nafar mahbus esa o’z xohshi bilan qamoqxonaga qaytib kelgandi.


Tanlangan kalimalar: #qamoqxona , #Nigeriya

Aloqador xabarlar