Myanmaning Londondagi elchisi elchixonaga kiritilmadi

Myanmaning Britaniyadagi elchisi Chjo Zo Min Londondagi elchixonaga kiritilmayotganini ma'lum qildi. U avvalroq mamlakatida ro’y bergan harbiy to’ntarishni qo’llab-quvvatlamaganligini ma’lum qilgandi.

1617007
Myanmaning Londondagi elchisi elchixonaga kiritilmadi

 

Myanmaning Britaniyadagi elchisi Chjo Zo Min Londondagi elchixonaga kiritilmayotganini ma'lum qildi. U avvalroq mamlakatida ro’y bergan harbiy to’ntarishni qo’llab-quvvatlamaganligini ma’lum qilgandi.

Elchixona binosi oldida jurnalistlarga intervyu bergan Min harbiy ateshelik xodimlarni elchixonani tark etishini talab qilganligini ma’lum qildi.

“Ular meni ichkariga kiritishmayapti. Ularning aytishicha, bu haqida poytaxtdan ko‘rsatma olishgan va shu sababli meni elchixonaga kiritishmoqchi emas. Bu to‘ntaruvdir. Bu Britaniya, biz Myanma yoki Birmada emasmiz”, -deb aytgan elchi. 

U tunni shaxsiy mashinasida o’tkazishini ma’lum qilgan.

Politsiya elchixona binosi atrofini o’rab olgan. Atrofda xavfsizlik chora-tadbirlari kuchaytirilgan.

Elchi Min avvalroq, ingliz matbuotiga bergan intervyusida Myanma ichki urush ostonasida turganligiga diqqat qaratib, “Men myanmaliklar halok bo’layotganligini ko’rishni xohlamayman”,-degandi.

U shuningdek, Suu Chji hukumati davrida elchi lavozimiga tayinlangan va harbiy boshqaruvning buyruqlariga bo’y sunmasligini ma’lum qilgandi.

Mart oyida Chjo Zo Min myanmalik harbiylar tomonidan fevral boshida hibsga olingan Myanma prezidenti Vin Mint va davlat maslahatchisi Aun San Suu Chjini ozod qilishga chaqirgandi. Elchi bu bayonotidan keyin harbiylar tomonidan ortga chaqirtirilgandi. 

 

 


Tanlangan kalimalar: #elchi , #London , #Myanma

Aloqador xabarlar