Yevroittifoq nochor davlatlarga vaksina yetkazib berishdan bosh tortmoqda

Yevrokomissiya rahbari Ursula von der Leyyen Yevropa ittifoqi hozirda nochor davlatlarga koronavirusga qarshi vaksinalarni berishga imkoniyati yo’qligini ma’lum qildi. Uning ta'kidlashicha, hozirda Yevropa ittifoqi davlatlarining o‘zi vaksinalarga muhtoj.

1605817
Yevroittifoq nochor davlatlarga vaksina yetkazib berishdan bosh tortmoqda

 

Yevrokomissiya rahbari Ursula von der Leyyen Yevropa ittifoqi hozirda nochor davlatlarga koronavirusga qarshi vaksinalarni berishga imkoniyati yo’qligini ma’lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, hozirda Yevropa ittifoqi davlatlarining o‘zi vaksinalarga muhtoj vaziyatda.

“Funke Media Gruppe” nashriga intervyu bergan Leyyen: “Yevtoittifoqqa a’zo davlatlardan vaksinaga juda katta talab bor”,-dedi.

U Yevropa ittifoqi vaksinalarni xayriya qilishga imkoniyati bo‘lmasa-da, ular bilan bo‘lishish dasturi COVAX’ni moliyaviy qo‘llab-quvvatlayotganini eslatib o‘tdi.

“Yevropa ittifoqi ushbu tashabbusga 2,2 mlrd yevro sarmoya kiritdi. COVAX hozirdayoq 52 davlatga 30 mln doza vaksina yetkazib berdi”, -dedi Yevrokomissiya rahbari.

Uning ta'kidlashicha, Yevropa ittifoqining boshqa davlatlarga vaksinani bevosita xayriya qilish mexanizmi ittifoqning o‘zida vaksinalar bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangandan keyingina yo‘lga qo‘yiladi.  

Yevropa ittifoqi shu kungacha COVID-19ga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga taxminan 2.6 mlrd doza vaksinaga buyurtma berdi. Biroq, mart oyidan beri Yevroittifoqqa a’zo 27 davlatning barchasiga taxminan 70 mln doza vaksina topshirildi.

 


Tanlangan kalimalar: #COVAX , #vaksina , #Yevroittifoq

Aloqador xabarlar