Yaponiyada joriy etilgan favqulodda holat rejimi 21-mart kuni bekor qilinadi

Bosh vazir Suga Yoshihidaning ma’lum qilishicha, poytaxt Tokio va unga qo’shni bo’lgan uchta viloyatda favqulodda vaziyat rejimi pandemiya bo’yicha komissiya tavsiyalariga binoan bekor qilinadi.

1604416
Yaponiyada joriy etilgan favqulodda holat rejimi 21-mart kuni bekor qilinadi

 

Yaponiyada koronavirus tufayli Tokio va uning atrofidagi uchta viloyatda joriy etilgan favqulodda holat rejimi 21-mart yakshanba kuni bekor qilinadi.

Bosh vazir Suga Yoshihidaning ma’lum qilishicha, poytaxt Tokio va unga qo’shni bo’lgan uchta viloyatda favqulodda vaziyat rejimi pandemiya bo’yicha komissiya tavsiyalariga binoan bekor qilinadi.

Komissiya favqulodda holat rejimini bekor qilish to’g’risida qaror qabul qilgan. Shu kungacha mamlakatda joriy etilgan karantin cheklovlari yaxshi natijalar bergan.

Yanvar oyidan beri poytaxt Tokio, Kanagava, Saytama va Tibada joriy etilgan cheklovlar 21-mart kuni bekor qilinadi.

Tokio meri Koike Yuriko poytaxtda kasallanish holati pasayganligini, biroq bemalolchilik yana xalqni xavf ostiga qo’yilishini ma’lum qildi.

Yaponiyada joriy etilgan favqulodda vaziyat holati dastlab mamlakatning barcha 47 hududida o‘rnatilgan edi. Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashganidan so‘ng cheklovlar bosqichma-bosqich bekor qilina boshladi.


Tanlangan kalimalar: #favqulodda holat , #pandemiya , #Yaponiya

Aloqador xabarlar