Bayden, Meksika chegarasidagi muhojirlarni AQShga kelmaslikka chaqirdi

AQSh Prezidenti Jo Bayden, Meksika chegarasidagi muhojirlarni AQShga kelmaslikka chaqirdi.

1602875
Bayden, Meksika chegarasidagi muhojirlarni AQShga kelmaslikka chaqirdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) rahbari Jo Bayden, Meksika chegarasida borgan sari ortgan noqonuniy muhojirlar haqida,

“Muhojirlarga shuni aniq ayta olaman, bu yerga kelmang! Shahringizni, shaharchangizni yoki xalqingizni tashlamang”. - dedi.

Bayden, Pensilvaniya shtatiga bo‘lgan tashrifi chog‘ida ABC News boshlovchisi Jorj Stefanopulosga intervyu berdi.

Bayden, mamlakatga kelgan noqonuniy muhojirlarning ko‘pchiligini qaytarib yuborganliklarini ifoda etar ekan Stefanopulos, “Ular sonining ortishini tahmin qilmaslik xatomidi?” - deb savol berdi.  

Bayden ushbu savolga, “Oxirgi 2 yildan beri yani 2019 va 2020 yili ortish bor edi”. - deb javob berdi.

Stefanopulosning Meksika chegarasidagi vaziyatning yomonlashish ehtimoli haqidagi savoliga Bayden, “Ha, bu bo‘lishi mumkin”. - dedi.

Shu bilan birga Bayden, Nyu York shahar hokimi Endryu Kuomo haqida oxirgi vaqtlarda kun tartibida keng o‘rin olgan bezovta qilish haqidagi iddiolarga to‘xtalgan Stefanopulosning, “Kuomo ustidan surishtiruv ishlarining davom etishini xohlaganingizdan xabarim bor. Bu surishtiruv yakunida Kuomo aybdor deb topilsa unda u iste’foga chiqishi kerakmi?” degan savolga qarshi, “Ha, iste’foga chiqishi kerak. Menimcha bu ishning oxirida Kuomo sudga tortiladi”. - deya gapirdi.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar