Fransiyada koronavirus epidemiyasining uchinchi to‘lqini boshlandi

“Biz epidemiyaning uchinchi to‘lqinidamiz”,-deb aytgan mamlakat bosh vaziri Jan Kasteks. Uning ta’kidlashicha, mamlakatda koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi keng tarqalib bormoqda.

1602766
Fransiyada koronavirus epidemiyasining uchinchi to‘lqini boshlandi

 

Fransiyada koronavirus epidemiyasining uchinchi to‘lqini boshlandi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jan Kasteks parlamentdagi bayonotida ma’lum qilgan.

“Biz epidemiyaning uchinchi to‘lqinidamiz”, -deb aytgan Kasteks. Uning ta’kidlashicha, mamlakatda koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi keng tarqalib bormoqda. Virusning ushbu yangi turi Britaniyada kuzatilgan. Shuningdek, koronavirusning mavjud testlar yordamida aniqlash qiyin bo‘lgan yangi shtammi bilan kasallanish holatlari aniqlangan.

Bosh vazir pandemiya oqibatlarini yengib o’tish uchun vaksinatsiya kompaniyalarini shoshilinch ravishda amalga oshirish va karantin cheklovlariga qat’iyan amal qilish zarurligini bildirdi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron kecha qilgan bayonotida, koronavirusdan kasallanish holatidagi keskin ortishlar sababli shu kunlarda yangi chora-tadbirlar joriy etilishi va karantin cheklovlari kuchaytirilishi mumkinligini e’lon qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #mutatsiya , #koronavirus , #Fransiya

Aloqador xabarlar