AQShda massaj salonlariga sodir etilgan hujumda 8 kishi halok bo‘ldi

Ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib 21 yoshli Robert Aaron Long qo‘lga olindi. Jinoyat yuzasidan tergov-surishtiruv harakati olib borilmoqda.

1602723
AQShda massaj salonlariga sodir etilgan hujumda 8 kishi halok bo‘ldi

 

AQShning Georgia shtatidagi massaj salonlariga hujum qilinishi oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘ldi.

Atlanta politsiyasiga tayanib berilgan xabarga ko’ra, kecha, 16 mart kuni Atlanta shahri va uning yaqinidagi okrugda uchta massaj saloniga tushdan keyin hujum sodir etilgan. Politsiya dastlab, voqeada 4 kishi halok bo’lganligini ma’lum qilgan. Ushbu masaj salonlari Osiyoliklarga oid bo’lgan.

Bir soat o‘tar-o‘tmas Atlanta shimolidagi yonma-yon joylashgan ikkita massaj saloniga ham xuddi shunday hujum uyushtirilgan. Bu hujumlar oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan.

Ushbu jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinib 21 yoshli Robert Aaron Long qo‘lga olingan. Jinoyat yuzasidan tergov-surishtiruv harakati olib borilmoqda.

Amerika matbuotida yoritilgan xabarlarda halok bo’lganlarning 6 nafari Osiyo millatiga mansub ayollar ekanligi ma’lum qilingan.


Tanlangan kalimalar: #jinoyat , #Atlanta , #AQSh

Aloqador xabarlar